FOYDALANUVCHI KELISHUVI

Veb-servis «MedMapp»dan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Foydalanuvchi kelishuvi (keyingi oʻrinlarda — «Kelishuv») veb-servis «MedMapp»ga (keyingi oʻrinlarda — «Platforma») kirish tartibi va shartlarini, shuningdek, Platformadan foydalanayotgan yoki unga kirish huquqiga ega barcha shaxslarning huquq, majburiyat va javobgarligini belgilaydi.

1.2. Kelishuv — barcha ishtirokchilar uchun majburiy boʻlgan ommaviy hujjat hisoblanadi hamda Platformadan foydalanish orqali oʻz roziligini bildirgan noma’lum doiradagi shaxslarga nisbatan amal qiladi.

1.3. Platformaning administratori «MEDAPP» mas’uliyati cheklangan jamiyati (STIR 312319171, keyingi oʻrinlarda — «Administrator») boʻlib, u Platformaga, uning funksional imkoniyatlariga, dasturiy kodiga, dizayniga, interfeysiga va boshqa elementlariga nisbatan mutlaq mulkiy huquqlarga, shuningdek, undan foydalanish tartibini belgilash vakolatiga ega.

1.4. Platformadan foydalanishni boshlagan har qanday shaxs mazkur Kelishuv bilan tanishganini, uning mazmuni va oqibatlarini tushunganini, shartlarini toʻliq qabul qilganini va ularga rioya qilish majburiyatini olganini tasdiqlaydi.

1.5. Platformaga kirish huquqi faqat mazkur Kelishuvda belgilangan shartlar asosida beriladi hamda ushbu hujjatda bevosita nazarda tutilmagan qoʻshimcha huquq yoki vakolatlarni ishtirokchilarga bermaydi.

2. Atamalar va ta’riflar

2.1. Mazkur Kelishuvda quyidagi atamalar quyidagi ma’noda qoʻllaniladi:

2.1.1. «Platforma» — Administratorning intellektual mulki boʻlgan «MedMapp» veb- va/yoki mobil servisi boʻlib, ishtirokchilarga undan cheklangan tarzda foydalanish huquqini beradi.

2.1.2. «Administrator» — «MEDAPP» MCHJ boʻlib, Platformaga nisbatan mutlaq huquqlarga ega, uning faoliyatini boshqaradi hamda undan foydalanish huquqini mazkur Kelishuv tartibida taqdim etadi.

2.1.3. «Foydalanuvchi» — Platformadan foydalanish huquqini olgan har qanday shaxs, jumladan, uni shaxsiy maqsadlarda ishlatayotgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar, oʻz mamlakat qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalari, tashkiliy yordam koʻrsatuvchi mahalliy hamrohlar, shuningdek, qoʻshimcha xizmat va servislarni joylashtiruvchi yoki taklif qiluvchi uchinchi tomon yetkazib beruvchilardir.

3. Platformadan foydalanish huquqi

3.1. Platformaga mutlaq huquqlarga ega Administrator Foydalanuvchiga mazkur Kelishuvda koʻrsatilgan tartib va shartlar asosida cheklangan, noeksklyuziv, oʻtkazib boʻlmaydigan va bekor qilinishi mumkin boʻlgan foydalanish huquqini beradi.

3.2. Berilgan foydalanish huquqi Platformaga boʻlgan mutlaq huquqlarning begonalashtirilishi yoki oʻtkazilishi hisoblanmaydi va Foydalanuvchida hech qanday mulk huquqi, korporativ, vakillik yoki agentlik vakolatlarini yuzaga keltirmaydi.

3.3. Foydalanuvchi tan oladi va tasdiqlaydi:

  • 3.3.1. ularning huquqi Platformadan faqat uning funksional imkoniyatlari doirasida foydalanish bilan cheklanadi;
  • 3.3.2. ular Platformaning dasturiy kodi va infratuzilmasini koʻpaytirish, nusxa olish, oʻzgartirish, tarqatish, moslashtirish, dekompilyatsiya qilish yoki boshqa usulda aralashishga haqli emas;
  • 3.3.3. ular Platformadan uning maqsadiga zid boʻlgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki xalqaro majburiyatlarga zid boʻlgan maqsadlarda foydalanishdan tiyilishi shart.

3.4. Foydalanuvchi oʻzining shaxsiy hisob ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etishga, Platformadan foydalanish huquqini sublitsenziya qilishga yoki boshqa shaklda oʻtkazishga Administratorning yozma roziligisiz haqli emas.

3.5. Platformaning barcha elementlari (dasturiy ta’minot, dizayn, interfeys, ma’lumotlar bazalari, matnli va grafik materiallar) intellektual mulk obyektlaridir. Ulardan Kelishuv doirasidan tashqarida foydalanish faqat Administratorning yozma ruxsati bilan ruxsat etiladi.

3.6. Administrator Platformaning funksional imkoniyatlarini, foydalanish tartibini va foydalanish huquqini taqdim etish shartlarini bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega boʻlib, bu haqda tegishli ma’lumotni Platformada e’lon qiladi.

4. Platformadan foydalanish tartibi va shartlari

4.1. Platformaga kirish huquqi Foydalanuvchining roʻyxatdan oʻtishi, ya’ni noyob hisob yozuvini yaratishi orqali taqdim etiladi. Roʻyxatdan oʻtish va keyingi foydalanish Foydalanuvchining Kelishuv shartlariga roziligini tasdiqlaydi va unga huquq hamda majburiyatlarni yuklaydi.

4.2. Foydalanuvchi oʻz kirish ma’lumotlarini (login, parol, tasdiqlash kodi) mustaqil ravishda saqlashga majbur va oʻz hisobidan foydalanilgan barcha harakatlar uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.

4.3. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarga hisobiga kirish huquqini berish oqibatida yuzaga keladigan barcha salbiy oqibatlar xavfini oʻz zimmasiga oladi. Agar u hisobni nazorat qilish imkoniyatini yoʻqotsa, darhol Administratorni xabardor qilishi shart.

4.4. Platformaga kirish «qanday boʻlsa, shunday» («as is») asosida taqdim etiladi, bu esa Administratorning Platformaning xatosiz va uzluksiz ishlashini, Foydalanuvchilarning aniq kutganlariga mos kelishini yoki maxsus maqsadlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash majburiyati yoʻqligini anglatadi.

4.5. Administrator Foydalanuvchilarni oldindan xabardor qilmasdan turib, texnik, profilaktik yoki boshqa zarur ishlarni oʻtkazish uchun Platformaga vaqtincha cheklov kiritishi yoki kirishni toʻxtatishi mumkin.

4.6. Platformaning ayrim funksiyalari va servislaridan foydalanish tartibi maxsus qoidalar yoki shartlar bilan belgilanib, ular Platformada e’lon qilinadi. Mos funksiyadan foydalanishni boshlash bilan Foydalanuvchi avtomatik tarzda ularga qoʻshilgan hisoblanadi.

4.7. Platformadan foydalanish faqat Foydalanuvchining huquq layoqati va muomala layoqati doirasida ruxsat etiladi. Agar foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki boshqa amaldagi huquqiy cheklovlarga zid boʻlsa, Platformaga kirish toʻxtatiladi.

5. Javobgarlik

5.1. Foydalanuvchi Platformadan berilgan huquq doirasidan tashqari foydalanishi (shu jumladan nusxa olish, oʻzgartirish, dekompilyatsiya qilish, tarqatish yoki uchinchi shaxslarga kirish berish), shuningdek Kelishuv shartlarini buzishi natijasida foydalanish huquqi bekor qilinadi, hisob bloklanishi, kirish oʻchirilishi va joylashtirilgan ma’lumotlar oʻchirilishi mumkin. Shuningdek, Administratorning huquqiy manfaatlari va obroʻsiga yetkazilgan zarar, hujjatlar bilan tasdiqlangan haqiqiy zarar qoplanishi shart.

5.2. Foydalanuvchi Platformadan foydalanish huquqini sublitsenziya qilishga, begonalashtirishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli emas. Ushbu qoidani buzish Platformadan foydalanish huquqining zudlik bilan bekor qilinishiga olib keladi.

5.3. Foydalanuvchi oʻzining identifikatsiya ma’lumotlari saqlanishi uchun javobgar. Uning hisobidan amalga oshirilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining oʻzi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.

5.4. Administrator Platformani «qanday boʻlsa, shunday» (as is) tamoyili asosida taqdim etadi va uning xatosiz yoki uzluksiz ishlashiga, Foydalanuvchilarning individual kutganlariga mos kelishiga yoki ma’lum bir maqsadlar uchun yaroqliligiga kafolat bermaydi. Administrator Platformadan foydalana olmaslik, texnik nosozliklar, uchinchi shaxslarning harakatlari yoki yengib boʻlmaydigan holatlar tufayli yuzaga kelgan oqibatlar, Foydalanuvchi Platforma orqali olingan ma’lumotlar asosida qabul qilgan qarorlarning oqibatlari, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan Kelishuv shartlari buzilgan taqdirda hisob bloklanishi yoki oʻchirilishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar emas.

5.5. Administrator Kelishuv shartlari buzilganda yoki Platformadan huquq doirasidan tashqarida foydalanilganda, Foydalanuvchini oldindan xabardor qilmasdan, Platformaga kirishni cheklash yoki toʻxtatish huquqiga ega.

6. Administrator huquqlari

6.1. Administrator Platformaga mutlaq huquq egasi sifatida bir tomonlama tartibda va oldindan xabardor qilmasdan:

  • 6.1.1. Platformaning funksional imkoniyatlarini, undan foydalanish tartibi va shartlarini oʻzgartirish, toʻldirish yoki cheklash;
  • 6.1.2. texnik, profilaktik, tashkiliy yoki boshqa zarur ishlarni oʻtkazish uchun Platformaga kirishni toʻxtatish yoki cheklash;
  • 6.1.3. Kelishuv shartlari buzilganda yoki Platformadan huquqdan tashqarida foydalanilganda Foydalanuvchilarning hisoblarini bloklash yoki oʻchirish;
  • 6.1.4. Kelishuvni, amaldagi qonunchilikni yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzib joylashtirilgan istalgan ma’lumotni oʻchirish yoki bloklash;
  • 6.1.5. oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda Platformaning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa choralarni koʻrish huquqiga ega.

7. Kelishuv shartlarini oʻzgartirish

7.1. Administrator Kelishuv shartlarini bir tomonlama oʻzgartirish huquqiga ega boʻlib, uning yangi tahririni Platformada e’lon qiladi.

7.2. Yangi tahrir e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, agar e’lon matnida boshqacha muddat koʻrsatilmagan boʻlsa.

7.3. Oʻzgartirishlar kuchga kirgandan keyin Platformadan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchining yangi tahrirni qabul qilganini va unga bogʻliq huquq hamda majburiyatlarni oʻz zimmasiga olganini anglatadi.

7.4. Oʻzgartirilgan shartlar bilan rozi boʻlmagan Foydalanuvchi, oʻzgartirishlar kuchga kirishidan oldin Platformadan foydalanishni toʻxtatishi shart.

7.5. Mazkur Kelishuvda bevosita tartibga solinmagan masalalar amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal etiladi.

Administrator rekvizitlari

Mas’uliyati cheklangan jamiyat «MEDAPP»
STIR: 312319171
Yuridik manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, «Yangi Hayot» mahallasi, Oʻzbekiston prospekti, 11-uy
Bank: «Aloqabank» AJ, Guliston filiali
Hisob raqami: 20208000807282604001
Sayt: www.medmapp.uz